19:12 / 21.07.2019
4 678

Turkiya prezidentining o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiya Xorazmga keldi (foto)

Turkiya prezidentining o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiya Xorazmga keldi (foto)
Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
Shu yilning 6-8 sentyabr kunlari Xiva shahrida «Xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali» o‘tkaziladi.

Bu sport musoboqasini yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish maqsadida Butunjaxon Etnosport Konfederatsiyasi (BEK) tajribasiga tayanilmoqda. Shu sababli, 19 iyul kuni Xorazm viloyatiga Turkiyadan BEK rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘an boshchiligida bir guruh mehmonlar tashrif buyurishdi, deb xabar beradi Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
Turkiya delegatsiyasining Xorazm vohasiga tashrifidan maqsad o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ularni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek Xiva shahrida kamondan o‘q otish bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro turnirga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etishdan iborat.

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
Tashrif avvalida Turkiyalik mexmonlar mazkur sport festivali o‘tkaziladigan «Ichan-Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi hududini ko‘zdan kechirishdi. Shu qatorda mehmonlar «Ichan qal’a»dagi Ko‘hna ark, Pahlavon Mahmud majmualari, Qozi Kalon madrasasi, Kalta minor yodgorligi va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi.

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
Shundan so‘ng, mehmonlar «Nurillaboy» saroyida kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha xalqaro turniriga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etishdi.

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
Unda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Norinboyev, Kamondan otish federatsiyasi raisi Otabek Imamov, Butunjaxon Etnosport Konfederatsiyasi prezidenti Bilol Erdo‘g‘an, Turkiya o‘qchilar vaqfi rahbari Haydarali Ildiz, shuningdek, mahalliy OAV vakillari ishtirok etishdi. Anjuman davomida jurnalistlar festival o‘tkazilishi, qamrovi va yoritilishi bilan bog‘liq turli savollarga javob olishdi.

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiya prezidentining o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiya Xorazmga keldi (foto)