11:47 / 22.07.2019
3 231

O‘rindiq ostiga yashirilgan xotira kartalari fosh etildi

O‘rindiq ostiga yashirilgan xotira kartalari fosh etildi
Bojxona xodimlari respublikamizga telefon xotira kartalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh qilishdi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Pop” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro O.X. boshqaruvidagi “Opel astra” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, uning orka o‘rindig‘i hamda yukxona qismiga yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, qiymati 8,5 million so‘mlik 350 dona turli o‘lchamdagi telefon xotira kartalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘rindiq ostiga yashirilgan xotira kartalari fosh etildi