19:40 / 22.07.2019
2 691

Noqonuniy olib kirilgan televizorlar savdosiga chek qo‘yildi

Noqonuniy olib kirilgan televizorlar savdosiga chek qo‘yildi
Maishiy texnika buyumlarining yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Angren shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Q.A. tomonidan tuzilgan qing‘ir reja barbod bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu shaxs o‘zining “Mersedes Bens Sprinter” rusumli yuk mashinasiga ortilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 56 dona xorijda ishlab chiqarilgan televizorlarni 10 ming AQSh dollariga pullayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy olib kirilgan televizorlar savdosiga chek qo‘yildi