16:17 / 23.07.2019
3 534

O‘zbekistonlik 9 320 kishi Rossiya fuqaroligini oldi

O‘zbekistonlik 9 320 kishi Rossiya fuqaroligini oldi
Foto: «Zvezda TV»
2019 yilning yanvar—iyun oylarida markaziy osiyolik 57 695 kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, eng ko‘p fuqarolik qozog‘istonliklarga berildi — 23 559 kishi.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston — 19 756 kishi. O‘zbekistondan — 9 320, Qirg‘izistondan — 4 499, Turkmanistondan — 561 kishi Rossiya fuqarosiga aylangan.

Umuman olganda, 2019 yilning ilk olti oyida 136 857 nafar xorijlikka Rossiya fuqaroligi berilgan.
Ma’lumot uchun: 2018 yilda 21 067 nafar o‘zbekistonlik RF fuqarosiga aylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik 9 320 kishi Rossiya fuqaroligini oldi