08:23 / 24.07.2019
3 010

Toshkentda bodi-kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkentda bodi-kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyulda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 556-son qarori bilan ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar hamda planshetlar bilan ta’minlash 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarma
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 22 iyulidan Toshkent shahrida bodi-kameralarni sinov-tajriba tariqasida ishlatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari boshlandi.

YPX inspektorlari haydovchi bilan muloqotga kirishganda, ularning suhbatlari bodi-kameraga yozilayotgani haqida ogohlantiradilar. Sinov-tajriba natijalari komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, ishlab chiqaruvchi tashkilotga tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etiladi.

Yana shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda bodi-kameralar bilan birga YPX inspektorlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan jiletlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bodi-kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda