16:03 / 24.07.2019
2 965

Taxtalar orasiga yashirilgan 2,2 tonna rangli metall parchalari fosh etildi

Taxtalar orasiga yashirilgan 2,2 tonna rangli metall parchalari fosh etildi
Sanoatda muhim ahamiyat kasb etuvchi qora va rangli metallning parcha va chiqindilari ham o‘z qiymatini yo‘qotmaydi.

Respublikamizda rangli metallar chiqindilarining o‘g‘irlanishi hamda noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 iyundagi 425-son Qarori muhim o‘rin egallaydi.

Unga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar ham metall parchalarini erkin narxlarda “O‘zmetkombinat” va “O‘zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatlariga topshirishlari mumkin.
Shunga qaramay, tarkibida rangli metallar bo‘lgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik faktlari hali hanuz uchrab turibdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Qashqadaryo-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan fuqaro S.Z. boshqaruvidagi “Kamaz 53212” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan va taxtalar orqasiga berkitilgan 2268,5 kilogramm, umumiy qiymati 36,1 million so‘mlik rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taxtalar orasiga yashirilgan 2,2 tonna rangli metall parchalari fosh etildi