18:06 / 25.07.2019
3 069

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni 28 300 AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni 28 300 AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.J.ning noqonuniy xatti-harakati fosh etildi.

Ushbu shaxs, “Gazel” rusumli avtomashina yukxonasiga yuklangan, hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 3000 dona qo‘l uchun tibbiy antiseptik gigiyenik gellarni 28 300 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni 28 300 AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi