21:18 / 25.07.2019
3 682

Yashirilgan chet el valyutasi to‘xtatib qolindi

Yashirilgan chet el valyutasi to‘xtatib qolindi
Bojxonachilar tomonidan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Kosonsoy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro K.Sh. fuqaro T.S.ga tegishli bo‘lgan 140 ming qirg‘iz somini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan, bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tib bermoqchi bo‘lganida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, mazkur postning o‘zida fuqaro U.A.ning ham kirdikorlari fosh etildi. Ya’ni u bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 6 million so‘mlik 2 dona muzlatgichni mazkur post orqali olib o‘tmoqchi bo‘lganida to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashirilgan chet el valyutasi to‘xtatib qolindi