22:40 / 26.07.2019
2 733

Ohangarondagi sayyor qabulda 84 nafar fuqaroning uy-joy bilan bog‘liq muammosi hal etildi

Ohangarondagi sayyor qabulda 84 nafar fuqaroning uy-joy bilan bog‘liq muammosi hal etildi
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni yechishga yaqindan ko‘maklashish maqsadida Prezident Administratsiyasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4102-sonli qaroriga asosan har bir hududga biriktirilgan sektor rahbari hududlardagi aholining dardi bilan yashashi, inson huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi, «xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak»ligi, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning ijobiy hal etilishi asosiy masala ekanligi yetkazildi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev tomonidan Ohangaron shahar madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Ohangaron tumani, Uvak mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida soliq sohasidagi o‘zgarishlar ichimlik suvi, elektr energiyasi, ichki yo‘llar ta’miri, yashab turgan joyiga egalik huquqini rasmiylashtirish kabi o‘nlab murojaatlarning har biri bilan manzilli shug‘ullanishi, aholining har bir masalasi va muammosi atroflicha o‘rganilishi tashkil etildi.

Xususan, o‘tkazilgan uchrashuv va suhbatlar jarayonida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining 29 nafaridan turli xil mazmundagi muammolarini bartaraf qilish bo‘yicha taklif va murojaatlar tushdi.
Shundan, 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, 3 ta murojaat yuzasidan asosli tushuntirishlar berildi, 21 ta murojaat ijrosi uchun muddatlar belgilanib, tegishli tashkilot va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Ohangaron tumani, Uvak mahallasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda Birlik ko‘chasi, 90-uyda istiqomat qiluvchi Abdulatif Isoqov yashayotgan uy-joyining kadastr hujjatlari tayyor bo‘lsada, tuman kadastr xizmati tomonidan egalik huquqi berilmayotganligi bo‘yicha marojaat qildi.

Bu muammo nafaqat Abdulatif Isoqovning balki, shu mahallada yashab kelayotgan yana 84 nafar fuqaroni yillar davomida qiynab kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur fuqarolarning uy-joyi tayyor holda bo‘lgan 30 nafariga uy-joyga egalik qilish huquqini qo‘shimcha to‘lovlarsiz rasmiylashtirib berish masalasi joyida hal qilinib, qolgan 54 nafarining uy-joyi qurilishi tugallanmaganligi sababli ularning ham muammosi huddi shunday tartibda hal etilishi nazoratga olindi.

Tadbir davomida Behzod Musayev Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarning uylariga kirib, ularning yashash sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdi.

Uvat mahallasidagi 6 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilishiga homiylik asosida yordam ko‘rsatilib, yangi o‘quv yili boshlangunga qadar, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirilishi haqidagi xabar tuman aholisini xursand qildi.

Bu kabi ommaviy sayyor qabullarning o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalq bilan samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topishdan iboratdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangarondagi sayyor qabulda 84 nafar fuqaroning uy-joy bilan bog‘liq muammosi hal etildi