17:18 / 27.07.2019
4 014

Hokim o‘rinbosariga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi

Hokim o‘rinbosariga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi
Foto: «Daryo»
Yakkabog‘lik tadbirkor, tuman hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayevga benzin sepib yoqib yuborgan Bahriddin Isomovning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi. Yetkazilgan moddiy esa zarar sud orqali undiriladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev bugun, 27 iyul kuni erta tongda Yakkabog‘ tumani «Eski Yakkabog‘» qo‘rg‘onchasida kelib, aholi bilan uchrashgan.

Aholining muammo va murojaatlarini tinglagach, viloyat hokimi tuman hokimligi va tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilik va anglashilmovchilikka chek qo‘yishini bildirgan.

Taklif va mulohazalarni inobatga olinib, tadbirkorlar talabi qondirilgan. Viloyat hokimi Z.Ro‘ziyev tadbirkor Bahriddin Isomovning turmush o‘rtog‘i Nodira Haydarova hamda farzandi Sharofiddin Daminov bilan yakka tartibda muloqot o‘tkazgan. Yakunda yakkabog‘lik tadbirkor Bahriddin Isomovning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi. Yetkazilgan moddiy zarar esa sud orqali undiriladi.

Tushgacha davom etgan muloqotda viloyat hokimi 30ga yaqin do‘koni buzilgan tadbirkorlarga buzilgan do‘koni yonida bo‘lib turishlarini, shaxsan o‘zi borib, kompensatsiya puli hisoblanib, to‘lab berilishini nazoratga olishini bildirgan. Bu buyicha mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokim o‘rinbosariga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi