Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
28 iyul kuni soat 13:58 da Uchtepa tumani, Bayroq 3-tor ko‘chasi, 5a-uyning shifti va tomi 30 kvadrat metri yonib, yong‘in tarqalishi oqibatida qo‘shni xonadonlarning tom qismi jami 120 kvadrat metr maydonida zarar ko‘rgan. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Yong‘indan uylarning 590 kvadrat metr maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan.
Jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 14:03 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 14:20 da qurshab olinib, 11 daqiqadan so‘ng bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘inda insonlar halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi