Sobiq bosh prokuror Otabek Murodov DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.
«Uning harakatlari, ayni vaqtda Abdullayevga nisbatan ochilgan jinoiy ish doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Qolgan qismi tergov siri bo‘lgani bois, izoh bera olmayman. Bizda rasmiy ma’lumot bo‘lishi bilan xabar qilamiz», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 20-majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma’lum qilgan edi.
Murodov 2018 yil yanvarida o‘sha vaqtdagi bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev Davlat Xavfsizlik xizmatiga rais sifatida tayinlanganidan so‘ng, uning o‘rniga tayinlangan edi. Bungacha, u davlat rahbarining maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning o‘rinbosari Jahongir Egamovga nisbatan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi