2 314
YPX ta’qibidan qochib, yashiringan «Damas» haydovchisi o‘z xohishi bilan taslim bo‘ldi
Yakshanba kuni Toshkentning Olmazor tumanida YPX xodimlari ta’qibidan qochgan «Damas» haydovchisi dushanbada o‘z xohishi bilan ichki ishlar idorasiga bordi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda 30 yoshli toshkentlik S.K. «qilgan ishidan afsuslangan holda o‘z oyog‘i bilan kelgani»ni ta’kidlaydi. U qilmishi uchun uzr so‘rab, boshqalarni bunday qilmaslikka chaqirgan.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining Kun.uz`ga ma’lum qilishicha, bugun mazkur holat ma’muriy ishlar bo‘yicha Olmazor tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Sud qarori tushdan keyin ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, voqea 28 iyul kuni soat taxminan 17:00da Kichik halqa yo‘lining Olmazor tumanidan o‘tgan qismida – Sag‘bon chorrahasida ro‘y bergan.
Shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, oq «Damas» haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirgan, so‘ng ichki ishlar organi xodimi belgilangan tartibga asosan uni ta’qib qila boshlagan. Ta’qibdan qochgan «Damas» yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi