20:23 / 30.07.2019
3 503

Baliqchi tadbirkorning kirdikori fosh bo‘ldi

Baliqchi tadbirkorning kirdikori fosh bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida elektr energiyasi tarmoqlariga o‘g‘rincha ulanib, foydalanish holatlarini fosh etmoqdalar.

Jumladan, tumandagi baliqchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jalik hududida elektr energiyasidan foydalanish qonuniyligi va to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy holatlar oshkor bo‘ldi.

Ushbu baliqchilik fermer xo‘jaligida olib borilgan tezkor tadbir natijasida uddaburon “tadbirkor” o‘g‘rincha ravishda transformatordan tarmoqlarni uzib qo‘ygan holda, foydalanishi ayon bo‘ldi.

Ushbu harakati bilan xo‘jalik rahbari o‘g‘rincha elektr energiya tarmoqlariga ulanib olishi tuman elektr tarmoqlariga salkam 16 mln so‘m zarar yetkazilishiga sabab bo‘ldi.

Tarmoqdan noqonuniy foydalanish oqibatini kech bo‘lsada tushungan xo‘jalik rahbari yetkazilgan zararni va qayta ulanish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baliqchi tadbirkorning kirdikori fosh bo‘ldi