17:55 / 31.07.2019
3 425

TIV Qozog‘istonda o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

TIV Qozog‘istonda o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 27 iyul kuni Olmaota viloyati Uyg‘ur tumanida sodir bo‘lgan janjalda O‘zbekiston fuqarosi M.K. o‘ldirilgani to‘g‘risida qator OAVlar tarqatgan xabarni tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida vatanga jo‘natilgan.
Mazkur jinoyat sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi U.S. qo‘lga olingan va ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratda ushlab turibdi, deyiladi ma’lumotda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-727-291-11-78.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » TIV Qozog‘istonda o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi