13:48 / 02.08.2019
3 144

1 avgust kungi test sinovlariga 963 nafar abituriyent kelmadi, 12 nafar abituriyent chetlashtirildi

1 avgust kungi test sinovlariga 963 nafar abituriyent kelmadi, 12 nafar abituriyent chetlashtirildi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida test sinovlari natijalari bo‘yicha 2 avgust soat 8:20 holatiga oid tezkor axborot berildi.

1 avgust kuni birinchi smena test sinovlarida 35 670 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan 963 abituriyent test sinovlariga kelmagan. Soat 11:30 tayyor javoblar varaqalari belgilangan tartibda DTMga qaytarilishi boshlangan.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 12 nafar abituriyent hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 avgust kungi test sinovlariga 963 nafar abituriyent kelmadi, 12 nafar abituriyent chetlashtirildi