21:47 / 02.08.2019
3 110

Soliqdan qarzi borligi uchun xatlangan mashina egasi qarzini to‘ladi

Soliqdan qarzi borligi uchun xatlangan mashina egasi qarzini to‘ladi
Ma’lumki, ayrim soliq to‘lovchilarimiz tomonidan qayd etilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganliklari oqibatida katta miqdordagi qarzdorliklar vujudga kelmoqda.
O‘z navyuatida Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan mavjud soliq qarzini majburiy undirish choralari ham ko‘rilmoqda.

Guliston shahar iqtisodiy sudining qarzdor "STAR BIRDS" MChJdan undiruvchi Guliston shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 280 mln. so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan bir dona “HYUNDAI” rusumli yuk avtotransport vositasi xatlandi. Xatlangan avtomashina onlayn sotuvga chikarish uchun 325 mln. 579 ming so‘mga baxolangandi. Qarzdor “Star-Birds” MChJ 280 mln. 454 ming so‘m qarzdorligini avtomashina sotuvga chiqarilmasdan to‘liq qopladi.

Xuddi shuningdek, Byuro davlat ijrochilari tomonidan "ANT konstruksion" MChJdan 5 mln. 647 ming so‘mlik soliq qarzdorligi evaziga jamiyatga tegishli "Nexia" rusumli yengil avtomashinasi xatlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliqdan qarzi borligi uchun xatlangan mashina egasi qarzini to‘ladi