14:48 / 04.08.2019
3 227

Andijondagi avtosalonda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Andijondagi avtosalonda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)
Andijon shahrining Aylanma ko‘chasida joylashgan «Andijon avtotex» MChJ avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 3 avgust kuni soat 22:10 da ro‘y bergan bo‘lib, navbatchilik qismiga 22:15 da xabar kelib tushgan. Oradan 7 daqiqa o‘tib, yong‘inni o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan.

Foto: «Daryo»
Ma’lum bo‘lishicha, avtosalon mamuriy binosi ikkinchi qavatining taxminan 70 kvadrat metr maydondagi ichki yog‘och qoplamasi, shift qismi va xona jihozlari yongan.

Foto: «Daryo»
Yong‘in soat 22:27 da qurshab olingan va 28 daqiqada o‘chirilgan. Bo‘linmalar tomonidan 200 kvadrat metr maydon ofatdan saqlab qolingan. Yong‘inni bartaraf etishda 5 ta ekipaj va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi ishtirok etgan.

Foto: «Daryo»
Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi avtosalonda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)