15:43 / 04.08.2019
3 482

Fuqaroning 15 mlrd. so‘m puli undirib berildi

Fuqaroning 15 mlrd. so‘m puli undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan qarzdor A.Alimdjanov hamda uning qarzdorlik bo‘yicha kafili bo‘lgan jamiyatdan undiruvchi B.Kaxxarov foydasiga 15 mlrd. 752 mln. 067 ming so‘m miqdorida qarz undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati ijro qilish uchun Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga 2019 yil 29 may kunida kelib tushib ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi qarzdorga taqdim etilgan va ijro hujjatida ko‘rsatilgooan talablarni ixtiyoriy bajarish uchun qarzdorga muddat belgilanib ogohlantirilgan.

Qarzdor dastlab belgilangan muddatda qarzdorlikni to‘lamaganligi bois, qarzdorlikni ish bo‘yicha kafili “Size Metall City” MChJning ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Al-Xorazmiy filialidagi hisob raqamlariga band solingan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning kafili bo‘lgan korxona hisob raqamidan 15 mlrd. 752 mln. 067 ming so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirilib, undiruvchining arizasida ko‘rsatilgan hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroning 15 mlrd. so‘m puli undirib berildi