12:25 / 05.08.2019
3 417

Buxoro viloyatida yo‘lovchi avtobusi bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi

Buxoro viloyatida yo‘lovchi avtobusi bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi
2019 yil 4 avgust kuni soat 18:30larda Buxoro viloyati hududida “Olmaota – Nukus” xalqaro avtobus yo‘nalishida harakatlanib borayotgan, Qozog‘iston Respublikasi “Yug Trans Layn” avtokorxonasiga tegishli bo‘lgan “VANHOOL” rusumli avtobus ishtirokida Jondor tumani “Luqmon” MFYga qarashli cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro yo‘lining 299-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusdagi 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, 10 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Avtobusda bo‘lgan barcha yo‘lovchilarga birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Qolgan yo‘lovchilar, voqea joyiga qo‘shimcha avtobus tashkil qilinib o‘z manzillariga yetkazilgan.

Xabarda qayd etilishicha, ayni damda ushbu holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro viloyatida yo‘lovchi avtobusi bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi