20:39 / 05.08.2019
2 899

Gugurt qutisidagi marixuana to‘xtatib qolindi

Gugurt qutisidagi marixuana to‘xtatib qolindi
Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro S.S.ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida 1 dona gugurt qutisiga yashirilgan 0,39 gramm marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gugurt qutisidagi marixuana to‘xtatib qolindi