21:00 / 05.08.2019
2 922

Yashirincha olib kirilayotgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi

Yashirincha olib kirilayotgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi
Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida fosh etilmoqda.
Jumladan, “Toshkent” xalqaro aeroportida kumushdan yasalgan uzuklarni mamlakatimizga yashirincha olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xorijdan uchib kelgan fuqaro R.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, uning qo‘l sumkasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan 514 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashirincha olib kirilayotgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi