22:40 / 05.08.2019
3 156

Mashinadan giyohvandlik moddasi topildi

Mashinadan giyohvandlik moddasi topildi
Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarini noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, ayrim kishilar bila turib "og‘u" girdobidan qutulishni istashmayapti.

Misol uchun, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi. Natijada, ushbu avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro G. Z.ga tegishli sport sumkasi ichidan 154,2 gramm quritilgan giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shundan so‘ng ushbu fuqaroning ko‘rsatmalari asosida tadbir davom ettirilib, Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro X.B.ga tegishli “LADA LARGUS” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, avtomashina haydovchisi o‘rindig‘i ostidan 2 dona 1000 so‘mlik kupyuralarga o‘ralgan 4,2 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, fuqarolar G. Z va X. B.lardan ashyoviy dalil sifatida olingan quruq holatdagi moddalar jami 158,4 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashinadan giyohvandlik moddasi topildi