08:08 / 06.08.2019
2 669

Toshkentda sayyohlik politsiyasi faoliyat yurita boshladi

Toshkentda sayyohlik politsiyasi faoliyat yurita boshladi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur bo‘linmaning faoliyatini yo‘lga qo‘yish davomida Buxoro va Samarqanddagi Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari vakillari bilan uchrashib, ularning ish tajribasi bilan tanishdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan faoliyat uchun muhim moddiy texnik bazani shakllantirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, ayni kunda avtobuslar, avtomobillar, skuter va mototsikllar ishlashga shay.

«2019 yilning sentyabr oyiga kelib tashkiliy ishlar nihoyasiga yetadi va Toshkentda sayyohlik politsiyasi tuzilmasi to‘liq tarkibda shakllanadi. Ushbu bo‘linma shahrimizga kelayotgan turistlarning xavfsizligini ta’minlash hamda sayyohlik ob’ektlarida jamoat tartibini saqlash vazifasini bajaradi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda sayyohlik politsiyasi faoliyat yurita boshladi