3 834
Qashqadaryoda somon ortilgan «ZIL» mashinasi va xonadonning tom qismi yonib ketdi (foto)
2019 yilning 6 avgust kuni soat 14:01da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Yakkadaraxt” MFY Buton qishlog‘i ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “ZIL” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga zudlikda 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga yetib borganida, “ZIL” rusumli yuk avtomobili va ustiga ortilgan somon presslari hamda fuqaro S.Z.ning yashash uyining tom qismi yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilib, uyning 80 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni o‘chirishga uringan avtomobil haydovchisi, fuqaro R.R. kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan. Yuk avtomobili to‘liq yonib zararlangan.
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Ushbu ko‘chada harakatlanayotgan “ZIL” rusumli yuk avtomobili bortiga ortilgan somon presslarining ustki qismi elektr sim yog‘ochning simlariga tegishidan hosil bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘inni ko‘rgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va shu ko‘chada yashovchi fuqaro S.Z. uyiga urilishi oqibatida alanga yashash uyiga o‘tib ketgan va uyning 18 kv. metr, maydonda tom qismi yonib zararlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!