19:41 / 08.08.2019
2 952

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi davlatlararo shartnomalar kuchga kirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi davlatlararo shartnomalar kuchga kirdi
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim hamda Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi.

Ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni ekstraditsiya qilish shartlari, ushbu shaxslarni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida so‘rovni o‘z ichiga olgan hujjatlarga talablar, ekstraditsiya to‘g‘risida rasmiy so‘rov yuborilgunga qadar vaqtincha qamoqda saqlash shartlari va muddatlarini tartibga soladi.

Ushbu hujjat jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida samarali hamkorlik qilish uchun huquqiy asos bo‘ladi va jazoning muqarrarligi tamoyilini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma bandlariga muvofiq bir mamlakat hududida yashaydigan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ikkinchi mamlakat hududida o‘zlarining shaxsiy va mulk huquqlariga nisbatan o‘sha mamlakat fuqarolari bilan bir xil huquqiy himoyadan foydalanadi.

Hujjat fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlarda huquqiy yordam ko‘rsatish, ishlarning sudga tegishliligi masalalari hamda hujjatlar, dalillar talab qilish uchun so‘rov yuborish va sud jarayonlarini o‘tkazish, sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartibini belgilaydi.

Shartnoma fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida fuqarolik va oila ishlari bo‘yicha huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda jinoyatchilikning oldini olish, tergov va sud qilish masalalarida ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari aloqalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi davlatlararo shartnomalar kuchga kirdi