Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘ninchi kuni (7 avgust) natijalari e’lon qilindi. Bu haqda DTMning rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.
Unga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:
a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adibiyoti ta’lim yo‘nalishi – 232,1 ball (176,1 ball test sinovlari natijasi, 56 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
- Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
- Buxoro tibbiyot institutining 5510100 – Davolash ishi (Buxoro) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adibiyoti ta’lim yo‘nalishi – 214,9 ball (167,9 ball test sinovlari natijasi, 47 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
- Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5120300 – Tarix (mamlakat va mintaqalar) ta’lim yo‘nalishi – 170,3 ball;
c) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
- Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5120700 – Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 167,4 ball.
Test sinovlari natijalarini cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi