15:30 / 09.08.2019
3 165

Taksi bozorini oʻzgartiruvchi hujjat loyihasi eʼlon qilindi

Taksi bozorini oʻzgartiruvchi hujjat loyihasi eʼlon qilindi
Toshkentda jamoat transporti tizimi talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagani uchun koʻpchilik ham qulay, ham narxi jihatdan maqbul boʻlgani bois taksi xizmatidan foydalanadi. Taksilar va xizmat koʻrsatuvchilar ham turlicha. Baʼzilarining ishini yoqlasangiz, ayrimlaridan norozi boʻlasiz. Taksilar faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda koʻp muhokamalarga sabab boʻlishi shundan desak xato boʻlmas, deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, bugungi kunda shahrimizda 27 kompaniya taksi xizmati bilan shugʻullanmoqda. Ularning ishidan mamnunlar qatori, bu xizmatni yanada yaxshilash boʻyicha qator takliflarga egalar ham koʻp.

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida taksi xizmatini koʻrsatuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi keng muhokama qilinmoqda.

Qaror loyihasida taksilarning tashqi koʻrinishi qanday boʻlishi kerakligi, ularni tanishtiruvchi belgilar hamda qanday qoʻshimcha axborotlar bilan taʼminlanishi lozimligi koʻrsatilgan.

Hozirda taksi kompaniyalarida haydovchilarni internet orqali ishga olish amaliyoti bor. Kompaniyalarning axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalanishi, onlayn xizmatlar koʻrsatishi yaxshi albatta. Muhokamadagi qaror loyihasida esa haydovchilarga aniq talablar qoʻyilgan. Xususan, taksi haydovchisi boʻlishni istaganlar 21 yoshga toʻlgan, yengil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “V” toifa ruxsatnomasiga ega, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va shu sohada kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.

Loyihada yoʻlovchilarga tashish xizmatini koʻrsatishga qaratilgan soliqni ham qayta koʻrib chiqish, xususan, buyurtmaning 4 foizini soliq sifatida toʻlash taklif etilgan.

Taksi transportining kelajagiga befarq boʻlmagan fuqarolar ushbu loyiha bilan tanishib chiqish va muhokama jarayonida faol ishtirok etishga taklif qilingan. Muhokama 16-avgustga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taksi bozorini oʻzgartiruvchi hujjat loyihasi eʼlon qilindi