2 833
50 million so‘mlik videoproyektorlarni yashirincha olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi
Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan maishiy texnika tovarlarini noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportida videoproyektorlarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro M.A. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada ushbu shaxs yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, umumiy qiymati 50 million so‘mlik 12 dona videoproyektorlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar xalqaro aeroportlar orqali o‘z extiyojlari uchun 2000 AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan tovar moddiy boyliklarini bojxona to‘lovlarini to‘lamagan holda olib o‘tishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi