3 508
Toshkentda «Gastro Bazaar—2019» I xalqaro gastronomik turizm festivali boshlandi (foto)
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Saylgoh ko‘chasida Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda «Gastro Bazaar—2019» birinchi xalqaro gastronomik festivaliga start berdi. Bu haqda qo‘mita matubot xizmati xabar berdi.
Tadbirni Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulov hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov ochib berdi. Shuningdek, tantanali ochilish marosimida UNWTO, ICCA, Turkiya Oshpazlar uyushmasi hamda Turkiya Gastronomik akademiyasidan taklif qilingan xalqaro ekspertlar ham ishtirok etdi.
«Hududlarning turistik jozibadorligini oshirishga imkoniyat yaratib berish oldimizdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, gastronomiya va turizm o‘rtasidagi aloqalar sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda ularning safar kunlarini uzaytirishga yordam beradi», — dedi Abdulaziz Oqqulov.
11 avgustga qadar davom etadigan tadbir O‘zbekistonning xalqaro darajadagi gastronomik salohiyatini oshirish va mamlakat turistik brendini tanitish yo‘lida xizmat qiladi.
Bugun, 10 avgust kuni Saylgoh ko‘chasida milliy va jahon oshxonalarining mahorat darslari, oshpazlar bellashuvlari, ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan hududlarning turizm logotiplari bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi