3 875
Prezident videoselektorda bu yilgi paxta terimiga byudjet tashkilotlari olib chiqilmasligi haqida eslatdi
12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish, ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda prezident ko‘plab masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Selektorda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev bu yil paxta yaxshi bo‘layotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytdi.
«Bu yil paxtada suvdan ham, o‘g‘itdan ham muammo bo‘lmadi. Zararkunandalardan tozalash uchun ham 14 milliard so‘m oldik», — dedi Qashqadaryo viloyat hokimi.
Prezident Ro‘ziyevning paxta haqidagi gaplaridan so‘ng barcha hokimlarga bu yil paxta terimiga byudjet tashkilotlari jalb qilinmasligini eslatib o‘tdi.
«Bu yil paxta [terimi]ga maktab, institut — umuman, birorta byudjet tashkilotlari olib chiqilmaydi, eslaringdan chiqmasin», — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?