10-avgust kuni Muborak investitsiya blokida yangi neft va gaz kondensati koni ochildi, deb xabar beradi “Daryo.uz”.
Yangi kon “Bahoriston” nomi bilan ataldi.
“Qidiruv burgʻulash ishlari joriy yilning 2-iyun kuni boshlangan. 2445 metr chuqurlikdagi quduqni sinovdan oʻtkazish vaqtida kunlik 100 ming kub metrga teng neft, kondensat va tabiiy gaz oqimi aniqlangan. Olingan uglevodorodlar oqimi hamda geologik maʼlumotlar Oʻzbekistonda Bahoriston nomli yangi neft, gaz va kondensat konining ochilganligi toʻgʻrisida dalolat beradi”, deyiladi Epsilon Development Company LLC xabarida.
Hozirda neft qudugʻuni 3000 metrgacha qazish davom ettirilmoqda. Shuningdek, kompaniya gazni Muborak gazni qayta ishlash zavodiga yetkazish uchun 9,7 kilometr uzunlikdagi yangi gaz quvuri qurishni boshlab yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi