13:02 / 14.08.2019
3 978

SSV tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuvga izoh berdi (video)

SSV tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuvga izoh berdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl chetida tez tibbiy yordam mashinasi shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuv aks etgan videolavha tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bordi.

Maʼlum boʻlishicha, videolavhada aks etgan tez tibbiy yordam brigadasi SSV tizimiga qarashli boʻlmagan.

“Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, hozirgi paytda poytaxtdagi 12 ta tez tibbiy yordam boʻlimlarida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi shtat rejimida tunu kun ishlab turibdi va sutkasiga oʻrtacha 3 mingta murojaat boʻyicha xizmat koʻrsatmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Все говорят, что врачей часто обижают и даже бьют пациенты. Я сегодня увидел совсем другую картину возле метро Чиланзар врач, фельдшер и водитель скорой помощи жестоко избивали парня. Я не знаю, что он до этого им сделал, но что бы ни было, так избивать чужего ребенка, это зверство. Тем более в Хаит Байрам, ничего святого у людей не осталось, куда катится наша страна?

Опубликовано Тимур Исхаков Вторник, 13 августа 2019 г.

Dastlabki tekshiruvlarga koʻra, videoyozuvdagi xodimlar va mashina xususiy tibbiyot muassasasiga tegishli tez tibbiy yordam brigadasiniki ekanligi aniqlangan. Vazirlik oʻz vakolati doirasida mazkur holatni oʻrganib, tegishli choralarni koʻrishi va bu haqda qoʻshimcha maʼlumotlar berilishini maʼlum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SSV tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir boʻlgan mushtlashuvga izoh berdi (video)