16:13 / 15.08.2019
2 605

Allamjonov: «Ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli izohlar ogohlantirishdan so‘ng ham o‘chirilmasa javobgarlik kelib chiqadi»

Allamjonov: «Ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli izohlar ogohlantirishdan so‘ng ham o‘chirilmasa javobgarlik kelib chiqadi»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov jurnalist va blogerlarni agentlikka taklif etib, ular bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
Kun.uz mazkur uchrashuv yakunlari bo‘yicha Komil Allamjonovning fikrlari bilan qiziqdi.

«Kecha biz bayonotda esga olib o‘tgan qonun va uning moddalari bu — yangilik emas. Ular yillar davomida amal qilib kelmoqda. Biz faqatgina qonundan ayrim bandlarini o‘qib berdik. Bugungi tushunmovchilikdan kelib chiqib shuni aytamanki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, internet saytlar, shuningdek, turli platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda post joylashtiruvchi blogerlar o‘z materiallari ostida qoldiriladigan sharh va izohlar uchun javobgar emaslar.

Ammo rasmiy bayonotda ta’kidlanganidek, agentlik va boshqa har qanday tashkilot yoki fuqaro biror nojo‘ya izohni o‘chirishni so‘rab, rasmiy ogohlantirish xati yuborsa va tahririyat yoki bloger ogohlantirish olgandan so‘ng ham izoh o‘chirilmasa — shundagina javobgarlik kelib chiqadi va masala hattoki sudda ko‘rilishi mumkin.

Shuning uchun barcha OAV vakillari hamda blogerlarimizdan bunday ogohlantirishlarni kutib o‘tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlardagi egasi ma’lum, qalbaki yoki fitna qo‘zg‘ash uchun ataylab ochilgan anonim akkauntlardan bildirilayotgan haqoratli va tahqirlovchi izohlarni aniqlab, o‘zlari o‘chirib borishlari so‘raldi», — dedi K.Allamjonov Kun.uz muxbiriga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AOKA bosh direktori Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli izohlar uchun javobgarlik borligi eslatib, rasmiy bayonot bilan chiqish qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Allamjonov: «Ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli izohlar ogohlantirishdan so‘ng ham o‘chirilmasa javobgarlik kelib chiqadi»