Foto: Google Images
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 16 avgust kuni o‘tkazilgan fraksiya majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi doirasida ushbu masala ko‘rib chiqilib, ma’qullangan. Endi loyiha navbatdagi yalpi majlisda ko‘rib chiqiladi.
«Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan har qanday inson bola hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan. Biroq O‘zbekiston milliy qonunchiligida 18 yoshga yetmagan shaxsni nikoh tuzishga (turmushga chiqishiga) ruxsat berilishi haqidagi normaning mavjudligi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq emas edi.
«Yuqoridagilarga asosan, Oila kodeksining 15-moddasi birinchi qismi bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda. Amalda esa 17 yosh», — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, FHDYo organlari tomonidan 17 yoshda nikohi qayd etilgan xotin-qizlar soni 2016 yilda 4233 tani, 2017 yilda 4853 tani va 2018 yilda 5123 tani tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, qonunning qabul qilinishi xotin-qizlarni erta nikohini va erta tug‘rug‘ini oldini olishga xizmat qiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy mamlakatlarda nikoh yoshini belgilanganligi holati ham o‘rganilgan. Jumladan, Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Moldova, Fransiya, Germaniya va Filippin Respublikasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?