Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 21 avgustdan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo‘lgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Shundan so‘ng abituriyentga xabarnoma yuborilishi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
Abituriyentga javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir noto‘g‘ri test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.
Komissiya apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda abituriyent murojaat qilganda unga ushbu qarordan ko‘chirma beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?