12:14 / 17.08.2019
3 892

Abituriyentlar talabalikka tavsiya etilganligini qachon bilishi mumkin?

Abituriyentlar talabalikka tavsiya etilganligini qachon bilishi mumkin?
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha ma’lumot test sinovlari yakunlangan kundan boshlab bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Talabalikka tavsiya qilinmagan abituriyentlar belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilish Oliy ta’lim muassasalarining takliflariga muvofiq, ularning imkoniyatlari, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida belgilanadi.

Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.

Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridan kelib chiqib, oshirilgan to‘lov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qo‘shimcha qabul qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan 20 oktyabrga qadar qaror qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyentlar talabalikka tavsiya etilganligini qachon bilishi mumkin?