Avvalroq o‘zbekistonlik Artur Babayev ismli bloger o‘zini yurib ketayotgan poyezd ostiga tashlab, ushbu holatni videoga olgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Toshkent temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi bilan bog‘lanib, blogerning ushbu qilmishiga nisbatan qanday chora ko‘rilishini so‘radi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda 16 avgust kuni paydo bo‘lgan. Holat Yunusobod tumanidagi «Salar—Chuqursoy» stansiyasida qayd etilgan. Blogerlarning shaxsi aniqlangan. Ular 19 yoshli Babayev Artur va O.Dmitriy bo‘lib chiqdi.
Blogerlar ushbu qilmishni «mashhur bo‘lish va obunachilari sonini ko‘paytirish maqsadida» qilganini aytib o‘tgan.
Holat yuzasidan blogerlarga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da ko‘zda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik haqida bayonnoma tuzilgan.
Ularga qanday chora ko‘rishni esa sud hal qiladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi