14:30 / 18.08.2019
3 225

Xonanda Lola Yo‘ldosheva tabiatni birgalikda asrashga chaqirdi

Xonanda Lola Yo‘ldosheva tabiatni birgalikda asrashga chaqirdi
Taniqli xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zining Instagramdagi sahifasida O‘zbekistonni chiqindilardan tozalash, tozalik madaniyatini oshirish, ekologiyani saqlash yo‘lida birlashishga da’vat bilan chiqdi. Bu haqda ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Xayrli kun! Bu kunda ham har birimiz 1 kg atrofida axlat hosil qilib, chiqarib tashlaymiz. Har kunimiz shunday o‘tadi. Ya’ni, birgina Toshkentning o‘zi bugun ikki yarim MILLION kg axlat chiqaradi.

Atrofingizga qarang. Yo‘laklar atrofidagi paketlar, qog‘oz o‘ram va bo‘sh qutilar bilan to‘lgan ariqlar, plastik bilan liq to‘la daryo va kanallar. Va keyin, zanjir bo‘ylab, mana shu ahlatlar natijasida halok bo‘ladigan qush va hayvonlar. Zanjirning oxirida esa biz — shu daryolardan suv ichadigan o‘zimiz.

Ekologiyani ifloslantirish global muammosi bugun har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi.

Atrofimiz tozaroq bo‘lishi uchun siz nima qila olasiz?

Keling, ekologiya himoyasida birga turamiz. Men bilan birga atrof-muhit ifloslantirilishiga qarshi chiqing. Ekologiya mavzusida #yerbizninguyimiz xeshtegi bilan suratga oling. Eng yaxshi suratlarni men o‘z telegram-kanalim va storisimda joylayman», — deya yozadi Lola Yo‘ldosheva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Lola Yo‘ldosheva tabiatni birgalikda asrashga chaqirdi