14:06 / 20.08.2019
3 278

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bayram munosabati bilan 50%gacha chegirmalar joriy etadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bayram munosabati bilan 50%gacha chegirmalar joriy etadi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 2019 yilning 31 avgust – 3 sentyabr kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etishini ma’lum qildi.

Quyidagi yo‘lovchilarga chegirma taqdim etiladi:
- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;
- Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari – 15%;
- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;
- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) – 15%;
- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga - 10%.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekiston temir yo‘llari” bayram munosabati bilan 50%gacha chegirmalar joriy etadi