20-avgustda Saudiya Arabistonida ayollar va erkaklar huquqlarini tenglashtiruvchi qonunchilikka tuzatmalar kiritildi. Bu haqda Kun.uz sayti maʼlum qildi.
Endilikda ayollarga erkak qarindoshlarining ruxsatisiz sayohat qilish va oilaviy ishlarda muhimroq rol oʻynashlariga ijozat beriladi.
Ayni vaqtgacha podshohlikda barcha yoshdagi ayollar va 21 yoshga yetmagan erkaklarga xorijga chiqish uchun vasiy ruxsati talab etilardi.
Yangi tuzatmalarga koʻra, ayollarga ham ular uchun javob beruvchi erkaklarning roziligisiz xorijiy pasport olish huquqi berildi.
Shuningdek, saudiyalik ayollarga tugʻilgan farzandlarini mustaqil qayd qilish, oʻlimni rasman qayd qilish hamda nikoh tuzish yoki uni bekor qilishga ariza berish huquqlari berildi.
Podshohlikda hokimiyat tepasiga 2015-yilda Salmon bin Abdulaziz Ol Saud kelgach hamda 2017-yilda uning oʻgʻli Muhammad bin Salmon valiahd shahzoda etib tayinlangach bunday erkinliklar berila boshlangan.
Jumladan, 2018-yilda saudiyalik ayollarga avtomobil haydashga ruxsat berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi