18:50 / 21.08.2019
3 394

Chilonzorda IIV soxta xodimi jinoyat ustida qoʻlga olindi

Chilonzorda IIV soxta xodimi jinoyat ustida qoʻlga olindi
Chilonzorda taʼmagirlik qilgan IIV soxta xodimi qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Maʼlum boʻlishicha, voqea 17-iyul kuni sodir boʻlgan. Chilonzordagi oliy taʼlim muassasalaridan birining talabasi boʻlgan 25 yoshli Biloliddin O. 29 yoshli Sardor A.ga oʻzini “jinoyat qidiruv xodimi” deb tanishtirgan.

Shundan soʻng, u fuqaroni oʻgʻirlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uchun koʻz yumishini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uchun 100 dollar soʻragan.

Biloliddin O. Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida talab qilingan pulni olish vaqtida qoʻlga olingan. Holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda IIV soxta xodimi jinoyat ustida qoʻlga olindi