2 730
Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilganlarga xarajatning 30 foizi miqdorida kompensatsiya beriladi
Prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
- xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (oʻrtacha 200 litr) oʻrnatiladi;
- nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.
2020-yil 1-yanvardan:
jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun 3 million soʻm;
- quyosh suv isitkichlar uchun 1,5 million soʻm;
- gaz-gorelkali qurilmalar uchun 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Qaror bilan 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi