13:54 / 23.08.2019
3 126

Byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi

Byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi
Tegishli roʻyxat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib oʻtamiz, ayrim toifadagi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladi. Ularning barchasi alohida roʻyxatda sanab oʻtilgan. Bunda ularni ikki mezon boʻyicha tasniflash mumkin:

• tibbiy yordam koʻrsatish joyi: istalgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (1–11-bandlar) yoki aniq nomi aytilgan bitta markazda (12-16-bandlar);

• kasallik turi: ahamiyatli emas (1–9, 11-bandlar) yoki alohida roʻyxat bilan belgilangan (10, 12–16-bandlar).

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat aynan imtiyozga ega shaxslarning oxirgi guruhiga taalluqlidir. Unda quyidagilar koʻrsatilgan:

• 18 yoshgacha boʻlgan bolalar kasalliklarining 22 guruhi;

• homilador ayollar kasalliklarining 16 guruhi (turi), ularni Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolaydilar;

• endokrin kasalliklarning 37 guruhi (turi), bunda Respublika endokrinologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tibbiy yordam koʻrsatiladi (18 va undan katta yoshdagilarda 16; 18 yoshgacha – 21);

• jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklarning 40 guruhi (turi), ular aniqlanganda Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qilinadi (18 yoshga toʻlmagan va 18 yoshdan oshgan shaxslarda 20);

• ftiziatriya va pulmonologiya sohalariga tegishli kasalliklarning 3 guruhi, ularni Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolaydilar (18 yoshdan oshgan shaxslarda 2 guruh va 18 yoshgacha boʻlganlarda 1 guruh);

• onkologiya kasalliklarining 13 guruhi, bunda Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatiladi (balogʻat yoshiga yetgan bemorlarda 11 guruh, 18 yoshga toʻlmaganlarda – 2 guruh).

Mazkur roʻyxatda belgilangan kasalliklarga chalingan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davolanadi.

Hujjat 15.08.2019-yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlandi