18:13 / 23.08.2019
4 158

Shavkat Mirziyoyev: "Eng katta poraxo‘rlik Yuridik, Moliya, Iqtisodiyot universitetlarida"

Shavkat Mirziyoyev: "Eng katta poraxo‘rlik Yuridik, Moliya, Iqtisodiyot universitetlarida"
Ayni damda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi ta’lim tizimi, o‘qituvchi va murabbiylarning mavqeini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Oltin voha» kanali xabar berdi.

«Men mutlaqo oliy ta’limdan noroziman... Rektorlarda talab yo‘q, saviya yo‘q. Eng katta poraxo‘rlik qayerda? Yuridik, Moliya, Iqtisodiyot universitetlarida... Tizimda tartib yo‘q, intizom yo‘q...», degan prezident.

Shuningdek, prezident O‘zbekiston sharoitida bugundan boshlab jamiyatdagi eng hurmatli inson muallim ekanini, vazirlar, prokurorlar ham endi maktablarda o‘z sohasi bo‘yicha dars berishini ta’kidlagan.

«Maktab o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi. Bu — aksioma. Buni inkor qilib bo‘lmaydi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "Eng katta poraxo‘rlik Yuridik, Moliya, Iqtisodiyot universitetlarida"