Bugun Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisida «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti ham tinglandi.
Mavzu doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’ruza qildi.
U o‘z nutqida investitsiya muammolari, byurokratiya, moliyaviy masalalarga e’tibor qaratdi, deya xabar bermoqda «Xabar.uz» nashri.
Senat raisi o‘rinbosari fikricha, O‘zbekistonda sarmoya kirituvchi investorlar bilan ishlovchi konsalting kompaniyalar tarmog‘ini rivojlantirish zarur.
«Chetdan keladigan investor byurokratiyani yoqtirmaydi, vazirliklarga borgisi kelmaydi. Ular bilan ishlovchi konsalting kompaniyalarni rivojlantirmoq zarur. Uzoqqa bormaylik, qo‘shni Qozog‘istonning o‘zida 700 ta xuddi shunday kompaniya bor. Bu kompaniyalar investorlar bilan ishlashda juda muhim va qulay tuzilma», — dedi Safoyev.
Senat o‘rinbosari shuningdek, moliya sohasidagi muammolarni ham tanqid qildi.
«Qo‘shni Qozog‘iston shu vaqtga qadar valyutasini uch marta devalvatsiya qildi. Bizda esa teskarisi, milliy valyuta qadrini sun’iy ushlashga harakat qilindi. Ulkan salohiyatga ega respublikamizning iqtisodiy qudratli davlatlar ichida 125-o‘ringa tushib ketgani juda achinarli. Aholining uchdan bir qismi qishloq xo‘jaligida ishlaydi, bu esa qoloq soha. Millionlab hamyurtlarimiz xorijda ishlab yuribdi. Bizda mehnat unumdorligi yo‘q, masalan, bu borada Janubiy Koreyadan 10 baravar orqada qolib ketganmiz. Ko‘p yillar «O‘zbek modeli» deb yurdik, bu noto‘g‘ri bo‘ldi...», — dedi senator. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»