Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeyini oshirish yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Davlat rahbariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan 3 yilda 157 ta umumta’lim maktabi yangidan barpo etildi. O‘quvchilar soni 5 822 000, o‘qituvchilar esa 443 000 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 70 foizi ayollar. So‘nggi yillarda 13 000 nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi.
Prezident qayd etganidek, «Maktab o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi. Bu — aksioma. Buni inkor qilib bo‘lmaydi».
— O‘zbekiston sharoitida jamiyatdagi eng hurmatli inson — muallim. Vazirlar, prokurorlar ham endi maktablarda o‘z sohasi bo‘yicha dars beradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi