12:53 / 24.08.2019
2 714

Prezident: «O‘qituvchilarni paxtaga, ko‘cha supurishga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik»

Prezident: «O‘qituvchilarni paxtaga, ko‘cha supurishga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Yaqin tariximizda Prezident rahbarligida hech qachon bunday yig‘ilish o‘tkazilmagan. Maktab masalasi - bu kelajak masalasi, hayot-mamot masalasi. Uni davlat, Hukumat va hokimlarning yolg‘iz o‘zi hal qilolmaydi. Bu - butun jamiyatning ishiga aylanishi kerak.

Afsuski, o‘tgan salkam 30 yil mobaynida biz bu masalaga yetarlicha e’tibor bermadik. Natijada nima bo‘ldi? Maktabni barbod qildik, o‘qituvchini ham yo‘qotdik. Bolalarda o‘qishga havas va intilish susaydi. Eng yomoni, maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit yo‘qoldi. O‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketdi. Natijada maktabdan erkak o‘qituvchilar ketib qoldi.

O‘qituvchilarning moddiy ahvoli, mehnat sharoiti haqida bosh qotirmadik. Ularni paxtaga, ko‘cha supurishga, ularga xos bo‘lmagan ishlarga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik. Ta’lim haqida pastdagi ahvolni o‘rganmay, haqiqiy vaziyatni bilmay yarim-yuluq qabul qilgan dasturlarimiz ko‘p hollarda chala-chulpa bajarildi.

Yangi davr o‘qituvchilarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalari, kreativ yondashuvlar haqida deyarli o‘ylaganimiz yo‘q», - dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «O‘qituvchilarni paxtaga, ko‘cha supurishga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik»