16:26 / 24.08.2019
4 498

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv vaqtini o‘zgartirish haqidagi qonun Senat tasdig‘idan o‘tdi

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv vaqtini o‘zgartirish haqidagi qonun Senat tasdig‘idan o‘tdi
O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv bahorning mart-aprel oylariga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Bugun, 23 avgust kuni Senat yalpi majlisida mazkur o‘zgarishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ma’qullandi.

Mazkur o‘zgarish – chaqiruv tadbirlarining qish davrida o‘tkazilishi qator qiyinchiliklar va sarf-xarajatlarning ortishiga olib kelayotgani bilan izohlangan.

Shuningdek, yangi qonunda oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati (“bir oylik armiya”)ga olinishi mumkinligi, bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etilishi ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, qonun asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida emas, balki Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga yuqorida aytilgan o‘zgarishlar kiritilishi uchun bugun senatorlar tasdig‘idan o‘tgan qonun prezident tomonidan imzolanishi va rasman e’lon qilinishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv vaqtini o‘zgartirish haqidagi qonun Senat tasdig‘idan o‘tdi