23:53 / 24.08.2019
4 478

Fermerga zo‘ravonlik qilgan Qarshi tuman IIB boshlig‘i ishdan olindi

Fermerga zo‘ravonlik qilgan Qarshi tuman IIB boshlig‘i ishdan olindi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilmoqda.
Ichki ishlar vazirligining ma’lumot berishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Shuhrat Iskandarov tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz «Daryo»da bundan avvalroq Qarshi tuman IIBning sobiq boshlig‘i Bahodir Arslonovning tumanning Chag‘oniyon hududidagi fermer bilan bog‘liq mojarosi haqida maqola chop etilgandi. Maqolada fermer Bahodir Arslonovni uyiga bostirib kirib, ruxsatsiz tintuv qilishda va ayoliga kuch ishlatib telefonini tortib olishda ayblagandi. Shundan so‘ng Qashqadaryo viloyat IIB buni rad etib chiqdi. Biroz o‘tib esa tuman IIB boshlig‘i aybini tan olib, fermerdan uzr so‘ragandi.

Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, sobiq boshliq Bahodir Arslonovga hali ish berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fermerga zo‘ravonlik qilgan Qarshi tuman IIB boshlig‘i ishdan olindi